Joriy yilning 14-may kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktorantlari va stajyor tadqiqotchilari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda 3-bosqich doktoranti Axmedova Ra’no Aziz qizi o‘zining “Axborot-kommunikatsiya makoni O‘zbekiston yoshlarining farovonligini oshirish mexanizmi sifatida” mavzusidagi ilmiy dissertatsiya ishi I bobi – “Axborot-kommunikatsiya makoni va farovonlikning nazariy-uslubiy asoslari” bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Doktoranlar o‘rtasida bunday taqdimotlarning tashkil etilishi o‘zaro tajriba almashinuvga olib keladi. Mashg‘ulot davomida doktorantlar va stajyor tadqiqotchilar o‘zlari uchun muhim ma’lumotlar olishdi.

Fikr bildirish