YOSHLAR MADANIYATINI OSHIRISH

Yangi o’quv yili boshidan Rossiyada «Pushkinskaya karta» dasturi joriy etiladi. 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga balansida 3000 rubl bo’lgan plastik kartalar beriladi. Ushbu mablag’lar yoshlarni madaniy tadbirlarga – teatrlarga, muzeylarga, konsertlarga va kutubxonalarga tashrif buyurishlari uchun taqdim etiladi. Mazkur tadbir Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mamlakat yoshlarini madaniy hordiq chiqarishlariga qaratilgan.

O`qishni davom ettirish

TADQIQOT: ROSSIYA YOSHLARI

Oliy Iqtisodiyot Maktabining tadqiqotiga ko’ra, bugungi kunda 2 milliondan ortiq 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan Rossiya yoshlari ish yoki o’qish bilan band emaslar. Jumladan, ushbu yoshdagi mamlakat fuqarolarining taxminan 15 foizi bandlik va ta’lim sektorida qamrab olinmagan.

O`qishni davom ettirish

TADQIQOTLAR: YOSHLAR – KITOB – SPORT

Joriy yilning iyul-avgust oylarida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan respublika yoshlarining kitob o’qishga va sport turlariga bo’lgan qiziqish darajasi hamda ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaqindan o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar tahlillari o’z yakuniga yetdi.

O`qishni davom ettirish

“YANGI O‘ZBEKISTON – PIROVARD MAQSADI XALQIMIZ UCHUN ERKIN, OBOD VA FAROVON HAYOT YARATIB BERISHDAN IBORAT BO‘LGAN DAVLATDIR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 17-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli intervyusi chop etildi. Davlat rahbari tomonidan berilgan ushbu intervyuning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka ochib berish maqsadida joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – pirovard maqsadi…

O`qishni davom ettirish

GIZ (THE DEUTSCHE GESELLSCHAFT FÜR INTERNATIONALE ZUSAMMENARBEIT) TASHKILOTI XALQARO LOYIHASI

Joriy yilning 23-avgust kuni Hyatt Regency mehmonxonasida GIZ xalqaro tashkiloti va «VHS DVV International» hamkorligida tashkil etilgan «Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olish» loyihasi doirasida “Butunjahon axborot Internet tarmog’ida ekstremizm va terrorizm mafkuralari targ‘ibotiga qarshi kurashish, oldini olish va ogoh etishga qaratilgan tizimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa…

O`qishni davom ettirish

XALQARO YOSHLAR KUNI

Xalqaro yoshlar kuni (International Youth Day) har yili 12-avgustda nishonlanadi. Bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1999-yil 17-dekabrda Lissabonda (Portugaliya) 1998-yil 8-12-avgust kunlari bo’lib o’tgan Yoshlar ishlari vazirlarining Butunjahon konferensiyasi taklifiga binoan ta’sis etilgan.

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNING BO’SH VAQTI: TADQIQOT

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, bugungi kunda mamlakat yoshlari o’zining bo’sh vaqtlarini – badiiy kitob o’qish va ilm o’rganish (17%), televizor tomosha qilish va radio tinglash (14%), qo’shimcha ishlash, mablag’ orttirish (14%), Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, kompyuter o’yinlari (13%), sport, fitnes bilan shug’ullanish (12%), sayr qilish va do’stlar bilan…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR VA KINO: TADQIQOT

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tadqiqotlariga ko’ra, bugungi kunda O’zbekiston yoshlarining qariyb yarmi (47,5%) chet el kinofilmlari (37,3 foizi – zamonaviy, 10,2 foiz – XX-asr kinofilmlari) ni tomosha qilishni afzal ko’rib, 39 foizi – milliy kinofilmlarni tomosha qilishni xush ko’rishlari ma’lum bo’lgan.  

O`qishni davom ettirish

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xalqaro konferentsiyaning hamkor tashkilotchilari ro’yxatiga kiritildi

  Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti qobiliyat va kasbiy faoliyat (musiqachilar, pedagoglar, harbiy rahbarlar va b.) psixologiyasini differentsial o’rganishga asos solgan B.M.Teplov tavalludining 125 yilligiga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyaning hamkor tashkilotchilari ro’yxatiga kiritildi. 2021 yil 21-22 oktyabr kunlari Moskvada, Rossiya ta’lim akademiyasi Psixologiya instituti binosida tashkil etilishi rejalashtirilgan «Differentsial psixologiya va psixofiziologiya bugungi…

O`qishni davom ettirish

TADQIQOT NATIJALARI: ISHONCH

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tadqiqot natijalariga ko’ra, muammoli, qiyin vaziyatda yoshlarning 29,2 foizi yaqin qarindoshlar va oila a’zolariga, 23,8 foizi xudodan yordam so’rashini, 12,3 foizi o’ziga ishonishini va atiga 9,2 foizi davlat idoralari, hokimliklar, yoshlar tashkilotlariga suyanish mumkinligini a’lohida ta’kidlab o’tishgan.  

O`qishni davom ettirish