YOSHLARNI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH: MANITOBA (KANADA)

Manitoba hukumati tomonidan 1-tur diabeti bo’lgan yoshlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yaratilgan dasturlarga 6 mln AQSh dollar mablag’ ajratmoqda. Provintsiyada 25 yoshgacha bo’lgan aholi uchun zamonaviy glyukometr va insulin pompalarini xarid qilish bo’yicha dasturlarni moliyalashtirish e’lon qilingan. Ushbu dasturlar yordamida 1000 dan ortiq yoshlar qondagi qand miqdorini monitoringi va insulin pompalariga ega bo’lishi hamda yana…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR ISHLARI BO’YICHA KENGASH: UKRAINA

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yoshlar ishlari bo’yicha kengash tuzilishi to’g’risidagi farmonni imzoladi. Kengash yoshlar salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashish, ularni jamiyat hayotida va yoshlar siyosatida qarorlar qabul qilishda faol ishtirokini taminlash maqsadida tashkil etilgan. Shunindek, Kengash vazifalaridan biri yoshlar infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashish hisoblanadi. Kengash davlat rahbari huzurida maslahat organi sifatida ish faoliyatini yuritadi. Yangi organ tarkibiga yoshlar…

O`qishni davom ettirish

YOSH SAYLOVCHI – 2021: XORAZM

Joriy yilning 14 sentyabr kuni “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi doirasida Xorazm viloyatining Urganch shahrida tadbir o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassislari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi (jami – 1 300 nafar). Tadbir doirasida…

O`qishni davom ettirish

MAKTABLARDA OMMALASHMAGAN XORIJIY TILLARNI O’QITISH: JANUBIY KOREYA

Hukumat tomonidan jami 53 ta chet tilini o’rgatish bo’yicha o’rta muddatli reja ishlab chiqilgan. Ushbu tillar hozirda keng tarqalmagan bo’lsada, davlatlararo munosabatlarda muhim o’rin tutadi. Onlayn darslarni tashkillashtirishga malakali chet tili o’qituvchilari jalb etilib, ular boshlang’ich, o’rta va yuqori sinf maktab o’quvchilariga ta’lim berishadi. Shuningdek, K-MOOC onlayn ta’lim dasturi doirasida 2026 yilgacha o’quv kurslari sonini…

O`qishni davom ettirish

MAKTABLARDAGI O’QUV YUKLAMASI: XITOY

Xitoy maktablaridagi o’quv yuklamasi va uy vazifalarining qisqartirilishi bilan bir qatorda, ta’lim tizimi yanada takomillashtirilmoqda. O’quvchilar maktab hududida ko’proq vaqt o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Hukumat darsdan tashqari turli to’garaklarni o’z ichiga olgan dasturlarni joriy etishni rejalashtirilmoqda. Dasturlarga sport, san’at, mehnat, kitob o’qish va boshqa yo’nalishlar bo’yicha mashg’ulotlar kiritilishi nazarda tutilgan.

O`qishni davom ettirish

YOSH SAYLOVCHI – 2021

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 13 sentyabr kuni loyiha doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tadbir o’tkazilib,…

O`qishni davom ettirish

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI: IQTIDORLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

2021 yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonning qabul qilinishidan asosiy maqsad – talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR VA SPORT: ROSSIYA

V. Gruzdev, Rossiya huquqshunoslar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi: “Rossiyalik yosh sportchilar chet el klublariga o’tayotganda o’z sport maktablariga kompensatsiya to’laydilar”. Hujjat qonun loyihalari bo’yicha hukumat komissiyasi tomonidan ma’qullanib, unda 23 yoshgacha bo’lgan yosh sportchilar chet el klublariga o’tayotganda o’z sport maktablariga kompensatsiya to’lashlari nazarda tutilgan.

O`qishni davom ettirish

IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH: AQSh

San-Frantsisko meri London Brid – jinoyatchilar qonunga rioya etishlari uchun ularga to’lovlar tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi. Har oylik 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqanlarga yangi hayotni boshlash va rejalashtirishga yordam beradi. Shunga o’xshash amaliyot ilgari boshqa shtatlarda ham qo’llanilgan. Bundan tashqari, ushbu ijtimoiy qo’llab-quvvatlash investitsiya dasturida – yoshlarni…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR PROFILAKTIKASI: QOZOG’ISTON

Bugungi kunda butun Qozog’iston bo’ylab muammoli masalalarni yaqindan o’rganish, xizmat ko’rsatish maskanlarida huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi, jumladan, yoshlarni maksimal darajada qamrab olishga qaratilgan “Uchastka” – profilaktik tadbiri o’tkazilmoqda. Ushbu tadbir joriy yilning 1-sentyabridan 1-dekabrigacha davom etishi belgilangan. Tadbir doirasida militsiya uchastka inspektorlari yoshlar orasida huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, uyma-uy yurish orqali ichki ishlar organlarida ro’yxatdan…

O`qishni davom ettirish