“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Joriy yilning 13 noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida forum tashkil etildi. Ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Respublikasi Milliy…

O`qishni davom ettirish

MAISHIY CHIQINDILAR EVAZIGA KITOB: INDONEZIYA

Mamlakatda faoliyat yurituvchi maxsus kutubxonada yoshlar tomonidan olib kelingan qog’oz, plastik va boshqa turdagi maishiy chiqindilar evaziga ularga zarur bo’lgan foydali va qiziqarli kitoblarni taqdim etish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Raden Roro Xendarti, kutubxona asoschisi: “Ushbu amaliyot yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish, atrof-muhit tozaligiga rioya etish, shuningdek, video o’yinlarga qaramlikni oldini olishga yordam berib, savodxonlik darajasini oshishiga…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR VEB-SAYTI: BELORUSSIYA

Молодежь.бел deb nomlangan Internet portal yoshlar sohasidagi asosiy davlat axborot resurs manbasi bo’lib, unda mamlakat yoshlari uchun dolzarb va foydali bo’lgan ma’lumotlar joylashtiriladi. Mazkur veb-sayt orqali o’quvchi va talabalar – mavjud imtiyozlar va jamg’armalar, yosh mutaxassislar – ish bilan ta’minlanishning kafolatlari va kompensatsiyalar, yosh oilalar uchun uy-joy va davlat tomonidan manzilli yordam haqidagi ma’lumotlarni olishlari…

O`qishni davom ettirish

SAN’AT SOHASIDA IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO’YICHA BEPUL TA’LIM: ROSSIYA

Keyingi o’quv yilidan boshlab Rossiya fuqarolari san’at yo’nalishlari bo’yicha ikkinchi yoki undan keyingi oliy ma’lumotni bepul olishlari mumkin. O’nta yetakchi ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlarida teatr, kino va televideniye rejissyorligi, adabiyot sohasida, opera va simfonik orkestr hamda akademik xor badiiy rahbarligi, musiqa ovoz muhandisligi, audiovizual san’at ovoz muhandisligi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha yana bir oliy ma’lumot…

O`qishni davom ettirish

Tayanch doktoranturaga kirish imtihon dasturlari

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga 2022 yil tayanch doktoranturada o‘qish uchun hujjat topshirgan barcha nomzodlar diqqatiga! Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maxsus kirish imtihonlari dasturlari tanishib chiqishingiz uchun havola etilmoqda. Ijtimoiy_psixologiya_Dastur 19.00.05+ Ijtimoiy_tuzilish_ijtimoiy_institutlar_dasturi_22_00_02 Menejment dastur 08.00.13 23_00_01_– Siyosat_nazariyasi_va_falsafasi

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH: ISPANIYA

Ispaniya hukumati 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga ijaraga uy-joy olishlari uchun oyiga 300 AQSh dollar miqdorida yordam pullarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Tashabbus xarajatlari 2022-yilda mamlakat byudjetiga kiritilishi rejalashtirilgan. Yordam pullari daromadi yiliga 23 725 yevrodan kam bo’lgan (27 411 ming AQSh dollari) yosh ispanlarga beriladi. Ushbu yoshlarga har oyda turar joy uchun 250 evro…

O`qishni davom ettirish

MEHNAT BOZORINI O’RGANISH: UKRAINA

Ukrainada USAID (AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi) tashkiloti tomonidan “Orzu va harakat” dasturi doirasida mehnat bozori o’rganilib, yoshlar bandligi va tadbirkorligi massalalarida eng maqbul yo’nalishlar hamda yoshlar (18-35 yosh) ning ijodiy tarmoqlar, qishloq xo’jaligi, savdo va energetika sohalarida bandligini faol qo’llab-quvvatlovchi davlat va nodavlat sektoridagi hamkorlar aniqlangan. Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR HUQUQLARI HAQIDAGI BIRINCHI REZOLYUTSIYA: BMT

BMT Inson huquqlari bo’yicha kengashi O’zbekiston tashabbusi bilan “Pandemiyalar davrida yoshlar huquqlarini ta’minlash” rezolyutsiyani qabul qildi. Mazkur rezolyutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo’yicha kengashining 46-sessiyasida ilgari surgan. Tashabbus Inson huquqlari kengashiga a’zo 47 ta davlatning barchasi tomonidan ma’qullangan.

O`qishni davom ettirish

TA’LIM TIZIMINI TIKLASH: SHOTLANDIYA

Shotlandiya hukumati COVID-19 pandemiyasidan keyingi ta’lim tizimini tiklash bo’yicha rejalarini ma’lum qildi: – 2022-yilda imtihon topshiradigan talabalarni qo’llab-quvvatlash; – maktablarda o’quvchilar uchun ruhiy salomatlik va farovonlikka oid maslahat sessiyalarini tashkil etish; – joriy parlament muddati mobaynida qo’shimcha 3 500 o’qituvchi va 500 yordamchi xodimlarni yollash; – ta’lim tizimini tiklash va ta’lim olish masalasida barchaga bir…

O`qishni davom ettirish

STRONGERBC YOSH LIDERLAR KENGASHI: BRITANIYA KOLUMBIYASI (KANADA)

14-26 yoshdagi fuqarolardan tashkil topgan provinsiya Kengashi Bosh vazirning yoshlar ishlari bo’yicha maslahatchisiga yoshlar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot ko`prigi bo’lib xizmat qiladi. Bunda yoshlarga oid dolzarb yo’nalishlar etib iqtisodiy tiklanish, atrof-muhit va tabiiy resurslar, iqlim o’zgarishi, ta’lim, uy-joy, ruhiy salomatlik va h.k. belgilangan. StrongerBC Yosh Liderlar Kengashi qishloq yoki chekka hududlarda yashovchi barcha qatlam yoshlari vakillaridan…

O`qishni davom ettirish