YOSHLAR O’RTASIDA ISHSIZLIK: GRETSIYA VA ITALIYA

Yevropada 25 yoshgacha bo’lgan aholi o’rtasidagi ishsizlik bo’yicha Gretsiya va Ispaniya yetakchilik qilmoqda. Gretsiyada ushbu ko’rsatkich 39,1 foizni, Ispaniyada esa 29,2 foizni tashkil etib, butun yevrohudud bo’yicha (15,5%) eng yuqori xisoblanadi. Ispaniyada yoshlarning ishsizlik ko’rsatkichi 2008 yildan beri birinchi marta 30 foizlik ko’rsatkichdan pastga tushgan. 2020 yildagi pandemiya sababli mamlakatda yana ishsizlik ko’rsatkichlarida o’sish kuzatilmoqda…

O`qishni davom ettirish

UKRAIN TILINI OʼRGATUVCHI MOBIL ILOVA: UKRAINA

Mazkur mobil ilovaning nomi “Yoy” boʼlib, asosan ona tilisi ukrain boʼlmagan boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun moʼljallangan. Kelgusida ilovadan umumtaʼlim muassasalarida oʼquv qoʼllanma sifatida foydalanish ham rejalashtirilgan. Bu kabi interaktiv mobil ilovalar oʼquv jarayonlarini yanada qiziqarli boʼlishini ta’minlab, mazkur tilni tez oʼrganish imkoniyatini beradi.  

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNING OVQATLANISH XARAJATLARI: ROSSIYA

Rosstat ma’lumotlari asosida FinExpertiza tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, yosh oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlari 80 foizga oshgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlar uy sharoitida kamdan kam taom tayyorlab, qimmat bo’lgan sog’lom ovqatni afzal ko’rishmoqda. K. Seleznyova, shifokor-diyetolog: “Yoshlarda ushbu xarajatlarining ortishi ularni ovqatlanishga nisbatan munosabatining o’zgarishi bilan bog’liq. Oldin insonlar o’z ratsionini faqat sog’ligida muammolar…

O`qishni davom ettirish

O’YIN ISHLAB CHIQARUVCHI KOMPANIYALARINING OMMAVIY YOPILISHI: XITOY

So’nggi yarim yil ichida Xitoyda 14 mingdan ortiq onlayn-o’yinlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyati tugatildi. Buning sababi, davlat organlari tomonidan o’yin ishlab chiqarish va tarqatish uchun litsenziyalar berishning to’xtatilganligi. Shuningdek, mamlakatda onlayn-o’yin ishlab chiquvchi studiyalardan tashqari, ularni targ’ib qiluvchi noshirlik korxonalari, turli autsorserlar va reklama firmalari ham yopilmoqda. Yirik kompaniyalar esa shtatlarni qisqartirmoqda. 2021-yilda Xitoy…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR SIYOSATI SOHASI UCHUN PREZIDENT GRANTLARI: BELARUS

Belarus Respublikasi rahbari A.Lukashenko yoshlar siyosati sohasida prezident grantlarini taqdim etish to’g’risidagi Farmonni imzoladi. O’tgan yilning so’nggi choragida Belarus Respublikasi Yoshlar ittifoqiga yuborilgan eng yaxshi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar mualliflariga stipendiyalar topshiriladi. Yosh nomzodlar (maktab o’quvchilari, talabalar va band bo’lgan yoshlar) tomonidan tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xayriya yordami va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR MASALALARI BO’YICHA MUTAXASSIS: UKRAINA

Ukrainada Kasblar milliy tasniflagichiga yoshlar yo’nalishi bo’yicha yangi kasb – “Yoshlar masalalari bo’yicha mutaxassis (yoshlar ishchisi)” kiritildi. Qayd etilishicha, yangi kasbga bo’lgan talab yoshlarning extiyoji va yuridik sohaga yangi kasbni joriy etish zarurati bilan bog’liq. Xozirda Ukraina Yoshlar va sport vazirligi tomonidan yangi kasbning standartlari ishlab chiqilmoqda.

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR QANCHA ISHLAYDI VA QANCHA MAOSH TOPADI: XITOY

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining “Xitoydagi ijtimoiy vaziyat to’g’risida” yil yakuni bo’yicha taqdim etilgan hisobot xitoylik yoshlarga tegishli vaziyatni ham o’z ichiga olgan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda Xitoyda 87,5 foiz yoshlar har oy o’rtacha 8 ming yuan topsa, yoshlarning 1/3 qismi 4 – 6 ming yuan atrofida oylik maoshga ega. Yoshlar bandligining asosiy yo’nalishlari –…

O`qishni davom ettirish

O’QUVCHI YOSHLAR EKOLOGIK TA’LIMNI KUCHAYTIRISH TARAFDORI: KANADA

  Joriy yilning bahor mavsumida Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Ekologik ta’lim bo’yicha yoshlar yetakchilari (AYLEE) tomonidan 350 nafarga yaqin 6-12 sinf o’quvchilari orasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalari e’lon qilindi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, yoshlarning 80 foizdan ortig’i provinsiyada ekologik ta’limni kuchaytirish lozimligini, 53 foizi esa hududdagi ta’lim muassasalarida atrof-muhit, energiya resurslari va iqlim bo’yicha darsliklarni kiritishi zarurligi ta’kidlagan.

O`qishni davom ettirish

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YOSHLARGA TA’SIRI: ROSSIYA FEDERATSIYASI

  Joriy yilning 23-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin ishtirokidagi raqamli texnologiyalar va ta’lim sohalarining muhokamasiga bag’ishlangan press-konferensiya davomida davlat rahbari tomonidan taraqqiyot jarayonida yangi avlod vakillari ota-onalaridan aqlliroq bo’lishlari ta’kidlangan. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar uchun foydali kontentni kengaytirish bilan bir vaqtning o’zida Internet va ijtimoiy tarmoqlar real hayot o’rnini butunlay egallamasligi kerakligi, bu…

O`qishni davom ettirish

AMERIKA YOSHLARI: TADQIQOT

Pew Research Center tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, keksa avlod vakillari AQSH o’ziga xos davlat va uning armiyasi dunyodagi eng kuchli, deb hisoblasa, yosh aholi qatlami teskari fikrni bildirgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, 30 yoshgacha bo’lgan amerikaliklarning atigi 10 foizi AQSHni boshqa davlatlardan ko’ra yaxshiroq va kuchliroq deb hisoblaydi. Tahlillar natijasida o‘zining mamlakatiga shubha bilan qaraydigan…

O`qishni davom ettirish