TOYOTA TSUSHO korporatsiyasining Toshkent aloqa boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi

Bugungi kunda istiqbolli kadrlarni tayyorlash jarayonida mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda xorij davlatlarida bu borada amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishish hamda o’zaro tajriba almashish muhim sanaladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash…

O`qishni davom ettirish

«O’ZBEKNEFTGAZ» AJ tizimidagi yetakchilar uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursi tinglovchilariga tantanali ravishda sertifikat topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, har bir sohada yetuk va salohiyatli yosh shijoatli kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu holat Davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi ham bejizga emas. Har bir vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari o’z jamoasidagi yosh kadrlarni zamon talablari mos ravishda yetarli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari uchun ularni malaka oshirish kurslariga jalb etishmoqda….

O`qishni davom ettirish

4 oylik qayta tayyorlash kursi bo’yicha test sinovlari kuni belgilandi

O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari 2021-yil 20-sentabr kuni 2-smenada Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko’chasi, 45-uy,  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosi (kirish orqa tomondagi avtoturargoh tarafidan)da  bo’lib o’tadi.   Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko’chasi, 45-uy. Mo‘ljal: Metroning…

O`qishni davom ettirish

4 OYLIK QAYTA TAYYORLASH O’QUV KURSIGA QABUL BO‘YICHA

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi VM-336-sonli qarori hamda 2019-yil 11-sentabrdagi qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, institutning 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga nomzodlarning hujjatlari 2021-yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinishi belgilangan. Nomzodlar hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining…

O`qishni davom ettirish

ONE YOUTH AMBASSADOR

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, yosh ko‘ngillilardan tashkil topgan One youth ambassador uyushmasi Yevropa bo‘ylab yoshlar tashkilotlariga yordam berib keladi. Uning asosiy faoliyati ommaviy axborot vositalari yordamida tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O`qishni davom ettirish

GLOBAL YOUTH ACTION NETWORK (GYAN) AND TAKING IT GLOBAL

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, Global Youth Action Network (GYAN) and Taking IT Global tashkiloti dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarda yoshlarni birlashtiruvchi eng yirik yoshlar tashkilotlaridan biri hisoblanadi. U BMT tizimida yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan faoliyati bilan tanilgan.

O`qishni davom ettirish

SAYLOV – DEMOKRATIYA KO‘ZGUSI

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali tomonidan joriy yilning 30-iyul kuni “O‘zbektelekom” AK rahbar va yosh xodimlari uchun “Kompaniya xodimlarining elektoral madaniyatini yuksaltirish” dasturi bo‘yicha o‘quv seminarda Institut bo‘lim boshlig‘i I.Tadjidinov “O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimi va qonunchiligi” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

O`qishni davom ettirish

OILA INSTITUTI: YOSHLAR FIKRI

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tadqiqotiga ko’ra, yoshlarning 69 foizi so’ngi yillarda O’zbekistonda oila institutini mustahkamlashda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho bermoqda. Shuningdek, ularning 21 foizi bu borada hech qanday o’zgarish sezmaganligini ta’kidlab, 10 foizi ushbu yo’nalishdagi islohotlardan qoniqish hosil qilmaganliklarini ma’lum qilishgan.

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR MIGRATSIYASINI OLDINI OLISH: HINDISTON

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, 2020 yilga kelib Hindiston emigrantlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallagan. Ulardan 17,9 mln nafari yoki 6,4 foizini xalqaro migrantlar tashkil etgan. Bugungi kunda Hind emigrantlarining yarmidan ko’pi Fors ko’rfazi davlatlarida, taxminan 5 foizi Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. Hozirda iqtisodiy rivojlanishining innovatsion xususiyatini namoyish etayotgan…

O`qishni davom ettirish