Pew Research Center tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, keksa avlod vakillari AQSH o’ziga xos davlat va uning armiyasi dunyodagi eng kuchli, deb hisoblasa, yosh aholi qatlami teskari fikrni bildirgan.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, 30 yoshgacha bo’lgan amerikaliklarning atigi 10 foizi AQSHni boshqa davlatlardan ko’ra yaxshiroq va kuchliroq deb hisoblaydi. Tahlillar natijasida o‘zining mamlakatiga shubha bilan qaraydigan yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usi susayib borayotgani aniqlangan.
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etgan yoshlarning qariyb yarmi AQSh kabi harbiy kuch va sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan boshqa davlatlar ham bor, deb hisoblaydi.