Joriy yilning 25 martidan 1 apreligacha institut doktoranti Inagamova Lola Usmanbekovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasi tarkibida MDH davlatlarida davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.
Dastur doirasida “Davlat boshqaruvi tizimi uchun kadrlar tayyorlashning dolzarb tendensiyalari” va “Zamonaviy yetakchilarni tayyorlashning ilg‘or tajribasi – Davlat boshqaruvi oliy maktabi tajribasi” mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu dastur ikki akademiya oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum doirasida amalga oshirildi.