Joriy yilning 1-aprel kuni Institutning istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati rahbari Alimbayev Murodilla Muhammadaminovich tomonidan “Etiket tushunchasi va xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari” mavzusida seminar, ya’ni master-klass tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot yosh rahbarlarga Diplomatik protokol – xalqaro munosabatlarda davlat raxbarlari, hukumatlar, tashqi ishlar idoralari va diplomatik vakolatxonalar hamda rasmiy shaxslar rioya qiluvchi qoidalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak rahbarlarga Diplomatik protokol qo‘llanish vaziyatlari, Protokol – Kategoriyalari va prinsiplar tizimi, Yuqori darajadagi tashriflar: protokol normalari va amaliyotlari haqida ta’kidladi.