Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi VM-336-sonli qarori hamda 2019-yil 11-sentabrdagi qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, institutning 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga nomzodlarning hujjatlari 2021-yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinishi belgilangan.
Nomzodlar hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilindi. Respublikamizning turli vazirlik, idora va tashkilotlaridan jami 646 nafar nomzodlar hujjat topshirgan bo‘lib, qabul komissiyaning nomzodlar hujjatlarini dastlabki o‘rganishlari asosida 543 nafar nomzod O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.