KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH: AQSH

Ayova shtatining Marshalltaun shahrida Jamoat transport xizmati va shahar kutubxonasi bilan hamkorlikda chekka hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarni kutubxonaga borib kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida bepul avtobus qatnovini yo’lga qo’ygan. Ushbu loyiha doirasida bolalar va o’smirlar Marshalltaun kutubxonasiga borishda bepul avtobus xizmatidan butun yoz mavsumi davomida foydalanish imkoniyatiga ega.

O`qishni davom ettirish

“Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasi tomonidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida qisqacha MA’LUMOT

Institut tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati bo‘yicha 2022 yil 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan 7-sonli kafedra majlisida Institut tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy rahbar va dissertasiya mavzularining muhokamasi o‘tkazildi. Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisoslik shifridan kelib chiqqan holda dissertasiya mavzusini o‘tgan bir oy davomida aniqlashtirib, ilmiy rahbarlarining rozilik xati olinganligi…

O`qishni davom ettirish

MEHNAT FESTIVALI: YOSHLARNI ARKTIKA HUDUDLARIGA JALB ETISH

Festivalni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad Saxa (Yakutiya) Respublikasi yoshlarini Arktika hududlarida turli yo’nalishlarda tadqiqotlarni amalga oshirishga jalb etish hamda ushbu hududlarni ommalashtrishdir. Tadbir davomida yoshlar – Arktikani rivojlantirish va Saxa Respublikasining Shimoliy xalqlari ishlari bo’yicha vazirligi tomonidan tayyorlangan, Arktika hududlarida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ilmiy grant loyihalari, mehnat turlari va mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlar…

O`qishni davom ettirish

INSON QADRIYATLARI: TADQIQOT

Joriy yilning aprel–may oylarida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mutaxassislari tomonidan Respublika hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarning hayotiy qadriyatlarini yaqindan o’rganish maqsadida tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Bugungi kunda tadqiqot doirasida Respublika hududlaridan olingan ma’lumotlar maxsus elektron bazaga kiritilib, qayta ishlash jarayoni ustida ish ketmoqda (tadqiqotda 1,5 mingga yaqin turli qatlam yosh aholisi qamrab…

O`qishni davom ettirish

2021-2022 o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi

2022-yil 4-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2021-2022 o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi. Institut direktori siyosiy fanlari doktori, professor Aktam Tashnazarovich tinglovchilarni o‘quvlar boshlanganligi bilan tabriklab, 4 oy davomida tinglovchilar o‘zlari istagan maqsadlariga yetishlari uchun…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR UCHUN KITOBLAR VA QOʻLLANMALAR

  Joylarda mutahassislarni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va kitoblar bilan taʼminlash maqsadida Uslubiy taminotni muvofiqlashtirish bo‘limi va Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan, professor-o‘qituvchilarni hamkorligida, grant loyihasida ishtirok etish uchun ariza topshirildi. Jumladan, quyidagi mavzularda kitob va qoʻllanmalar ishlab chiqish konsepsiyasi taklif etildi: yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash; odam savdosidan jabrlanganlarning ruhiy holatini psixodiagnostikasi; zamonaviy yetakchilarning…

O`qishni davom ettirish

MDH: Iste’dodli bolalar va yoshlar

  Joriy yili 28-fevral kuni MDHga a’zo davlatlarning yoshlar ishlari kengashi ekspertlari ishtirokidagi davra suhbatida Institutning xodimlari ishtirok etishdi. Shu bilan birga, Xalqaro aloqalar bolimi va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N. Norkulova tomonidan MDHga a’zo davlatlarning “Iste’dodli bolalarni va yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi tavsiyaviy loyihasi o‘rganib taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O`qishni davom ettirish

Tez orada yangi ilmiy jurnal

Ilmiy va xalqaro aloqalar hamda Uslubiy taminotni muvofiqlashtirish bo‘limlari tomonidan «Strategik kuch» jurnali uchun maqolalar to’plandi va tahrirlandi. Jurnalning birinchi soni mahallalarda yangi joriy etilgan yoshlar yetakchilari tizimi, yoshlarga oid siyosat samaradorligi, oliy ta’lim, inson kapitali, shunigdek, bulling va odam savdosi kabi nozik mavzularga oid savollarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ilmiy va xalqaro…

O`qishni davom ettirish

2021-2022 o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursi bo‘yicha test sinovlari kuni belgilandi

O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari 2022-yil 18-mart kuni  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat test markazi binosida  bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. Mo‘ljal: Metroning Bodomzor bekati (xaritadan ko’rish)   Nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi)  1-smena…

O`qishni davom ettirish