O‘quvlarni tashkil etish bo‘limi Institutning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3206-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlari, Institut Ustavi, Ilmiy Kengash qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.

O‘quvlarni tashkil etish bo‘limining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi, ya’ni davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini qayta tayyorlash bo‘yicha 4 oygacha va 1 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash va malakani oshirish o‘quv kurslarini tashkil etishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

–  o‘quv kurslar bo‘yicha tashkiliy va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;

–  tinglovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Institutlarning ichki tartib va intizom qoidalari bilan tanishtiradi va nazorat qilish;

– tinglovchilarning stajirovka va malakaviy amaliyot o‘tashlarini tartibga solish mexanizmlarini rejalashtirish va amalga oshirish;

– o‘quv jarayonini tashkil qilishni tartibga soluvchi me’yoriy-xuquqiy va boshqa xujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlatish;

–   tinglovchilar o‘rtasida anketa-so‘rovnomalarini tashkil qilish va ularni tahlil qilish;

–  Institut kafedralarini o‘quv ishlari bo‘yicha yillik ish rejalarini o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish va boshqalardan iborat.

Bo‘lim o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun tarkibi 4 shtat birligidan iborat bo‘lib, unda quyidagi xodimlar faoliyat olib boradi:

BO‘LIM TARKIBI:

 

Bo‘lim boshlig’i – Saidov Sarvar Xayrulloevich

E-mail: sarvarsaidov@inbox.uz

 

Bosh mutaxassis – Ismatullayev Fazliddin  Rajabovich

E-mail: fismatullayev@inbox.uz

 

Bosh metodist – Begbutayeva Farida Gaybullayevna

E-mail:  farida@mail.ru

 

Bosh metodist – Abbosov Nodirxon Furqat o‘g’li

E-mail:abbosov.nodirxon@bk.ru

Murojaat uchun  Tel: (+998 71) 232-61-31 , E-mail: study@yomi.uz