Vazifalari:
-Yoshlarga oid davlat siyosatini baholash milliy indeksi mezonlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
-davlat va nodavlat tashkilotlari yoshlarga oid faoliyati bo’yicha statistik ma’lumotlarni to’playdi, yuritadi va tahlil qiladi;
-tahlillar natijasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ishlab chiqilgan takliflarni joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini monitoring qiladi;
-joylarda mavjud yosh istiqbolli kadrlar rivojlanishini doimiy o’rganib borish, ular faoliyatiga to’siq bo’layotgan omillarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
-Bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
-yoshlar indeksi yo’nalishida Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
-yoshlar indeksi bo’yicha mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etadi.
Funktsiyalari:
-Yoshlar indeksini shakllantirish maqsadida mutasaddi idora va tashkilotlardan tegishli statistik ko’rsatkichlarni olish;
-mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik ko’rsatkichlarni qayta tekshirish va joylarda holatni chuqur o’rganish maqsadida tadqiqotlar olib borish;
-joylardagi vazirlik, idora va tashkilotlarning qo’yi bo’g’inlarining yoshlarga oid faoliyatini yaqindan o’rganib, ularga baho berish va ish faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish;
-joylardagi yosh istiqbolli kadrlar faoliyatini, ularni rivojlanish tendentsiyalarini yaqindan o’rganib borish va ular bo’yicha tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish;
-yoshlar muammolarini hal etish sohasida ilg’or xorijiy tajribani o’rganib borish;
-respublikada va xorijda ro’y berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish;
-bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
-respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bag’ishlangan konferentsiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
BO‘LIM TARKIBI:

E-mail: shodievt89@gmail.com
Tel: (+998 71) 232-61-28 , E-mail:monitoring@yomi.uz.