Metodik ta’minot bo‘limi Institutning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3206-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlari, Institut Ustavi, Ilmiy Kengash qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi Institut metodik ta’minot ishlarini rejalashtirish, istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uslubiy bazasini shakllantirish, o‘quv rejalar, dasturlar, uslubiy qo‘llanmalar hamda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirib, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini o‘rganish, tadbirlar o‘tkazish, shu asosda uslubiy ta’minot ishlarniyanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari bo‘lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi va quyidagilardan iborat:

– metodik ta’minot bo‘limi Institutda amalga oshiriladigan ilmiy, o‘quv va tahliliy tadqiqotlar hamda o‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minotini amalga oshiradi;

– kafedra, bo‘limlarda amalga oshirilayotgan ilmiy, o‘quv, tahliliy tadqiqotlarning metodik jihatdan Institut maqsad va vazifalariga mosligini nazorat qiladi;

– Institut xodimlari, professor-o‘qituvchilariga o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlash borasida amaliy maslahatlar beradi va texnik ko‘mak ko‘rsatadi;

– metodik ta’minot faoliyati doirasida boshqa ishlarni amalga oshirish va boshqalardan iborat.

Bo‘lim o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun tarkibi 4 shtat birligidan iborat bo‘lib, unda quyidagi xodimlar faoliyat olib boradi.

BO‘LIM TARKIBI:

 

Bo‘lim boshlig’i – Sirojidinov Tolib Muxtorovich

E-mail: tolib82@inbox.ru

 

 

Bosh mutaxassis- Xakimova Lola Furqatovna

E-mail: metodik@yomi.uz