O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlatboshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– Respublika yoshlari muammolarini o’rganish, mazkur muammolarni hal qilishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– xududlar kesimida davlat hokimiyati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishi bo’yicha monitoring tizimini yaratish, ushbu kadrlarni professional mahorati va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

– ishlab chiqilgan o’quv rejalari va dasturlari asosida davlat hokimiyati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yoshkadrlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish o’quv kurslarini tashkil etish, yosh boshqaruvchilarning kasbiy rivojlanishi bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash;

– yoshlar muammolarini o’rganish va hal etishning ilg’or usullarini joriy qilish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish.