O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti Ilmiy kengashi O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi buyruqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori buyruqlari, Institut Ustavi va mazkur Nizomga amal qilgan holda faoliyat olib boradi. Ilmiy kengash Institut direktori – Kengash raisining rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organi hisoblanadi.

Kengash vakolatlariga:

– o’quv rejalari va dasturlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyalarini inobatga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlash;

– professor-o’qituvchilar tarkibi uchun o’quv yuklamalari normativini tasdiqlash (o’quv soatlari hajmi), shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni rag’batlantirish shakllarini ishlab chiqish;

– tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovka o’tash tartibini tasdiqlash;

– o’quv jarayonining yakuniy natijalari uchun attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

– bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish hamda test o’tkazishning asosiy talablarni tasdiqlash;

– institut bo’limlari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;

– boshqaruv, professor-o’qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, o’quv-yordamchi, texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni moddiy rag’batlantirish tartibi hamda Institut xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlarini tasdiqlash;

– qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Kengash qarorlari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi va Institutning barcha tarkibiy bo’linmalari, xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lib hisoblanadi.