Bo’lim Institutning tarkibiy tuzilmasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “O’zbekistonRespublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3206-sonli Qarori, Institut Nizomi, Ilmiy kengash qarorlari, Institut direktori buyruqlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosan faoliyat olib boradi.

Bo’limning asosiy maqsadi Institut ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, olib borilayotgan ilmiy ishlarning texnik ta’minotini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion grant loyihalarini ishlab chiqish va yuritilishini muvofiqlashtirish, yuqori malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini o’rganish, tadbirlar o’tkazish, shu asosda ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.  Bo’lim ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati bilan bog’liq faoliyatlarini Institutning umumiy faoliyati va ish rejalariga uyg’un tarzda, istiqbol va yillik ish rejalariga muvofiq olib boradi.

Bo’limning asosiy vazifasi bo’lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi va quyidagilardan iborat:

– Institutning yillik ilmiy faoliyatini belgilaydi va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradi;

– Institutning ilmiy muammolari doirasini belgilaydi;

– Institutda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning mavzular bazasini shakllantiradi;

– Institutga ilmiy izlanuvchilarni qabul qilish va ilmiy faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashadi;

– Institut faoliyatiga doir bo’lgan mavzularda davlat ilmiy grantlarida ishtirok etadi;

– ilmiy jurnallar va nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy nashrlarni amalga oshiradi;

– ilmiy faoliyat bo’yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

– ilmiy faoliyat bo’yicha hisobotni yuritadi.

BO’LIM TARKIBI:
 


 
Bo‘lim boshlig’iSa’dieva Go`zal Olimovna
E-mail: gsadiyeva@inbox.ru

 

 
bosh ilmiy hodim Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi
E-mail: mohis.1405@gmail.com

 

 
bosh ilmiy hodim Kodirova Sharifaxon Asratulloyevna
E-mail: sharifa_k_93@mail.ru

Теl: (+998 71) 232-61-45, E-mail: ilmiy@yomi.uz