E‘LON!

“Strategik kuch” xalqaro-ilmiy jurnalining 2023-yil 1-soni uchun maqolalar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz. Maqolalarga qo‘yiladigan talablar: Jurnalga yoshlarning dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi. Xususan, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlaridagi yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini…

O`qishni davom ettirish

2022-2023 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursi bo‘yicha test sinovlari kuni belgilandi

O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari 2023-yil 10-yanvar kuni  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat test markazi binosida  bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. Mo‘ljal: Metroning Bodomzor bekati (xaritadan ko’rish)   Nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi)  soat…

O`qishni davom ettirish

Xalqaro indekslarda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati yutuqlarini aks ettirishning ayrim jihatlariga oid.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmonida Yoshlar ishlari agentligiga yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash holatini monitoring qilish, ularning huquqlari himoyasini kafolatlash va turmush darajasini doimiy oshirib borishda amalga oshirilayotgan ishlarni baholashda “Global Youth Development Index”, “Youth Progress Index” va “Global…

O`qishni davom ettirish

HIMOYA

2022-yil 7-noyabr kuni Institut doktoranti Shukurov Rustam Eshonkulovichning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari va dindorlik tiplarining o‘zaro bog‘liqligi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning majlisida muvaffaqiyatli o‘tdi.    

O`qishni davom ettirish

Himoya

2022-yil 22-noyabr kuni Institut doktoranti Kariyeva Nazokatxon Telmanovnaning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Yosh xodimlar va rahbarlar orasidagi ishonchni shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning majlisida muvaffaqiyatli o‘tdi.

O`qishni davom ettirish

«Strategik kuch» хalqaro ilmiy jurnalining 1-soni

Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘limi Metodik ta’minot bo‘limi hamkorligida Institutning «Strategik kuch» xalqaro ilmiy jurnali nizomi reestrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, birinchi soni uchun maqolalar to‘planildi, tahrir qilindi va Institut saytida joylashtirildi. Jurnalning birinchi sonida Yangi O‘zbekiston yangi qiyofada, Ijtimoiy munosabatlarda mahallaning o‘rni, Oliy ta’lim va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi integratsion aloqalarni takomillashtirish muammolari, Inson kapitalini boshqarish: muammo…

O`qishni davom ettirish

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kirish imtihonlari yakunlari

Institutda 2022 yil 11–20 noyabr kunlari oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti: doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik institutlariga kiruvchi talabgorlar uchun ixtisoslik fanidan kirish imtihonlari hamda suhbat jarayonlari tashkil etilgan. Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) qabul imtihonlari natijalarga ko‘ra 3 ta ixtisoslik (19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya, 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush…

O`qishni davom ettirish

INSTITUT DOKTORANTLARINI DISSERTASIYA ISHLARINI HIMOYASI

Institut 2 nafar doktoranti (R.Shukurov, N.Karieva) psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishini himoya qilishdi, 2 nafar doktorantlarni (J.Ergashev, A.Usmanov) iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 1 nafar doktorantni (Z.Luxmanova) siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishlarini himoyasi bo’yicha e’lonlari chiqdi.

O`qishni davom ettirish

Xatirchi tumanida tadqiqot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 5-13 dekabr kunlari Institut tomonidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tadqiqot ishlari amalga oshirilib, hudud yoshlarining ijtimoiy kayfiyati, ular duch kelayotgan muammolarning asl sabablarini o‘rganish bo‘yicha bevosita suhbat va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan choralarning samaradorligi hamda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining istiqboldagi rejalari, ta’lim va kasbiy qiziqishlari o‘rganildi.

O`qishni davom ettirish

Doktor Jo Gyu-Yunning ochiq seminar-treningi

Joriy yilning 2-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Intellektni rivojlantirish хalqaro instituti (IMEA – International Mind Education Institute) direktori Doktor Jo Gyu-Yun boshchiligidagi delegatsiya vakillari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori professor Aktam Jalilov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Janubiy Koreya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yoshlar bilan ishlash sohasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari…

O`qishni davom ettirish