O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PQ-3206-sonli Qarori, Institut Nizomi, Institut Ilmiy kengashi qarorlari, Institut direktori buyruqlari, kafedra Nizomi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan faoliyat olib boradi.

Kafedraning maqsadi: tinglovchilarga boshqaruvning ijtimoiy, psixologik, ma’naviy va huquqiy asoslari, rahbarlikning o‘ziga xos jihatlarini, tashabbuskorlik va liderlik sifatlarini egallash bo‘yicha chuqur bilim berish, shuningdek, ularda tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, samarli boshqaruv qarorlarini qabul qilish malaka va ko‘nikmalarini hamda boshqaruv qadriyatlarini shakllantirish va mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borish.

Kafedraning asosiy vazifalari: yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali va chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lgan istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘quv mashg’ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, kafedra xodimlarining ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish ham kafedraning muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Kafedra faoliyatida quyidagi ishlar muhim o‘rin tutadi:

– istiqbolli yosh kadrlarini tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi;

– bir qator psixologik testlar va tashxis metodikalari yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida har bir tinglovchining psixologik portretini ishlab chiqadi;

– yoshlar muammolarini chuqur o‘rganishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi;

– tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Istiqbolli kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan barcha o‘quv mashg’ulotlari ma’ruza, seminar, bahs-treninglar, interfaol mashg’ulotlar, joylarda nazariy va amaliy bilim va tajriba orttirish shakllarida amalga oshiriladi:

Kafedrada olib boriladigan o‘quv kurslari:

– Boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi,

– Boshqaruvda liderlik va yoshlar psixologiyasi,

– Muloqot psixologiyasi,

– Fuqarolik jamiyati asoslari,

– Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari.

Boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad: rahbarning boshqaruv faoliyatida jamoadagi psixologik omillarni tahlil eta olish va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni oqilona boshqarish malakalarini shakllantirish.Fanning vazifasi esa:tinglovchilarni dunyo olimlarining odamlar bilan ishlashda psixologik va sotsiologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati to‘g’risidagi ilmiy kontseptsiyalari bilan tanishtirish, ularda psixologik tahlil malakasini shakllantirish.

Ushbu fandan ma’ruza mashg’ulotlari falsafa fanlari doktori, professor A.S.Begmatov, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Yunusov hamda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent N.T.Narkulovalar tomonidan olib boriladi

Boshqaruvda liderlik va yoshlar psixologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad: Boshqaruv faoliyatida rahbarning liderlik sifatlarini namoyon qilishi hamda tashkilot faoliyatida yetakchilik qilish va uni boshqarish malakalarini shakllantirish.Fanning vazifasi:tinglovchilarda liderlik xususiyati namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning shakllantirish hamda yoshlar bilan ishlashning boshqaruv jarayonidagi o‘rni haqidagi ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan tanishtirish.

Ma’ruza mashg’ulotlari falsafa fanlari doktori, professor A.S.Begmatov hamda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent K.B.Qodirov tomonidan olib boriladi.

Muloqot psixologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad:muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash, boshqaruv tizimida samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi.Fanning vazifasi: tinglovchilarda muloqotning asosiy komponentlari, muloqot darajalari, noverbal muloqot mexanizmlari, boshqaruvda kasbiy muloqot, muloqotda shaxs toifalari va ularning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi, ish beruvchi bilan muloqot va ish joyiga moslashish, muloqotda tinglash muammosiningo‘ziga xos psixologik xususiyatlarini ko‘ra bilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

Ma’ruza mashg’ulotlari falsafa fanlari doktori, professor A.S.Begmatov hamda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent N.T.Narkulovalar tomonidan olib boriladi

Fuqarolik jamiyati asoslari fanini o‘qitishdan maqsad: mamlakatda erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi va amaliyoti hamda bu borada dunyo mamlakatlari tajribasi bilan chuqurroq tanishtirish.Fanning vazifalari:jahon tajribasi negizida jamiyat siyosiy taraqqiyotini tahlil etishning vositasi sifatida fuqarolik jamiyati kontseptsiyasining imkoniyatlarini ochib berish, turli xususiyatlardan kelib chiqan holda Fuqarolik jamiyatini mustaqil aniqlay bilishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish tinglovchilarda “Fuqarolik jamiyati”, “Ijtimoiy kapital”, “Uchinchi sektor”, “Fuqaroviy faollik”, “Siyosiy partiyalar” singari tushuncha, tuzilma va jarayonlarning mazmuni va kesishuv nuqtalarini tushuntirib berish.

Ma’ruza mashg’ulotlari O‘zR Prezidenti huzuridagi DBA YOMO‘IKTI direktori, siyosiy fanlar doktori, professor A.T.Jalilov tomonidan olib boriladi

Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari fanini o‘qitishdan maqsad: tinglovchilarda davlat va jamiyat boshqaruvining asosiy sohalari va institutlari, davlat boshqaruvi munosabatlarining mazmuni va ularning xususiyatlari, shuningdek konstitutsionalizm va xalqaro huquq printsiplari asosida davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish zarurati to‘g’risida tasavvur va ichki ishonchni shakllantirish.Fanning vazifalari:davlat va jamiyat boshqaruvi asosiy sohalari va institutlarining nazariy asoslari va mazmuni, ommaviy boshqaruv masalalari, iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiysohalarni ma’muriy-huquqiy tartibga solish mexanizmi haqida izchil nazariy bilim berish.

Ma’ruza mashg’ulotlari O‘zR Prezidenti huzuridagi DBA rektorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori yuridik fanlari nomzodi, dotsent X.T.Azizov tomonidan olib boriladi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan sohalari bo‘yicha tinglovchilarning o‘quv faoliyati va ilmiy izlanishlarida yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida ularga har tomonlama yordam beriladi va tinglovchilar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish, tinglovchilarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi.

Kafedra a’zolari:

 


 

Kafedra mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent – Qodirov Kamoliddin Botirovich

E-mail: kkamol@rambler.ru

 


 

falsafa fanlari doktori, professor – Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich
E-mail:  abdulla@mail.ru


 

kafedra dotsenti, psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)- Narkulova Nargiza Tashpulatovna

E-mail:  nargiza.norkulova@mail.ru


 

kafedra bosh metodisti- Nizomova Ra’no Aziz qizi

E-mail:  rano_nizamova@yahoo.com

 


 

kafedra bosh metodisti- Nasimxonov Lutfulllo Nazirillo o`g’li

E-mail:  lutfullonn@mail.ru

Murojaat uchun Tel:(+998 71) 232-61-23 , E-mail: bpl@yomi.uz