Axborot-tahlil bo‘limi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Institutining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3206-sonli Qarori, Institut Nizomi, Ilmiy kengash qarorlari, Institut direktori buyruqlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan faoliyat olib boradi.

Bo‘lim Institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy maqsadi Respublikada yoshlar muammolarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida ilmiy asoslangan takliflar berish uchun axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlash hamda Institutga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilar:

– yoshlar muammolarini o‘rganish yuzasidan axborot va tahliliy materiallar tayyorlaydi;

– yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etishning ilg’or usullarini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

– yoshlar muammolarini o‘rganish sohasida Institut xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritadi;

– respublika va xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi hamda nashrlarni amalga oshiradi;

– Institut axborot-tahlil faoliyati bo‘yicha hisobot yuritadi.

Bo‘limning tarkibi Institut shtat jadvaliga muvofiq, bo‘lim boshlig’i va 3 nafar bosh mutaxassislardan tashkil topgan.

BO‘LIM TARKIBI :

Bo‘lim boshlig’iRo‘ziyev Sherali Shodievich
E-mail: tahlil@yomi.uz.

 

bo‘lim bosh mutaxassisiLuxmanova Zarina Talibovna
E-mail: zlukhmanova@gmail.com

 

bo‘lim bosh mutaxassisiXolmamatov Husniddin Shermamat o‘g’li
E-mail: xhusniddin@mail.ru

Murojaat uchun Tel.: +998 71 232 61 29, E-mail: tahlil@yomi.uz.