Bugun Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktoranti A. Madraximovning «O‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida zo‘ravonlik (bullying) holatlari profilaktikasining sotsiologik tahlili» mavzusida 22.00.01 — Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalari Institutning «Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish» kafedrasida muhokama qilindi.

 

“Madraximov Alisher Maxamadibroximovich 1985 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida ziyoli o‘qituvchilar oilasida tavallud topgan. 2002-2007 yillarda Farg‘ona Davlat Universitetini tarix yo‘nalishida sirtqi, bakalavr bosqichi, 2007-2009 yillarda Andijon Davlat Universitetini magistiratura bosqichini tamomlagan. Mexnat faoliyatini 2003-2010 yillarda Quva tumani 49- umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastlab yetakchi, so‘ngra tarix fani o‘qituvchisi sifatida olib borgan, 2011-2012 yillarda Quva tumani 14- umumiy o‘rta maktabida direktor, 2013-2015 yillarda TATU Farg‘ona filialida assistent va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan, 2015-2018 yillarda Quva tumani XTBmida ma’naviy- axloqiy tarbiya sho‘basi rahbari, 2018-2019 yillarda Quva tumani 49 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida MMIBDO‘ lavozimida ishlagan. Butun faoliyat davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash va ular o‘rtasidagi munosabatlarni taxlil qilish orqali maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi zo‘ravonlik (bulling) xolatlarini ilmiy o‘rganish, ortirilgan tajribani yanada mustaxkamlash maqsadida 2019 yili O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutiga Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga xujjat topshirdi va imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirib tayanch doktorant sifatida tavsiya etildi. Doktoranturada o‘qish davomida sotsiologiya fanlar nomzodi, dotsent Yunusov Alisher Bobomurodovich rahbarligi asosida tadqiqot ishi olib borildi va mavzu yuzasidan 14 ta ilmiy maqola va tezislar respublika va xorijda nufuzli konferentsiya va ilmiy jurnallarda chop etildi, shuningdek sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazildi”.

 

  1. Madraximov ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi va ilmiy yangiligi professor o‘qituvchilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Muhokama so‘ngida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi keyingi bosqichlarda muhokama qilish uchun tavsiya etildi.

#Sci #IR #YOMIPhD #YOMI

Fikr bildirish